Nima uchun orqa g'ildirak chiziqqa tegib ketadi?

Avtomobil burilayotganda orqa g'ildiraklar har doim old g'ildiraklarga nisbatan kichikroq radius bo'ylab harakatlanadi (burchakni "kesadi"). Agar haydovchi buni inobatga olmasdan burilishni juda erta boshlasa, orqa g'ildirak ichki burchakdagi datchikni bosadi va 25 jarima bali yoziladi.

To'g'ri burchakli (90 gradus) burilish sirlari

  • Chapga burilayotganda yo'lakning o'ng tomoniga, o'ngga burilayotganda esa chap tomoniga yaqin yuring.
  • Burilishni old bamper burilish chizig'iga yetganda emas, balki avtomobilning o'rta ustuni burchak bilan tenglashganda boshlang.
  • Rulni tez va dadil aylantiring, mashina tezligi esa soatiga 5 km dan oshmasin.