Guvohnomadagi maxsus "AT" belgisi

Agar siz amaliy imtihonni avtomatik uzatmalar qutisi (AKPP) bo'lgan avtomobilda topshirsangiz, haydovchilik guvohnomangizning 12-ustuniga "AT" (Automatic Transmission) belgisi qo'yiladi. Bu shuni anglatadiki, siz qonunan faqat avtomat karobkali mashinalarni boshqarish huquqiga ega bo'lasiz. Mexanika haydash esa qoidabuzarlik hisoblanadi.

Agar siz imtihonni mexanikada (MKPP) topshirsangiz, sizga hech qanday cheklov qo'yilmaydi va siz ham mexanika, ham avtomat avtomobillarni erkin boshqarishingiz mumkin bo'ladi.