1. Hayajon โ€” eng asosiy dushman

Ko'p nomzodlar bilim yetishmasligidan emas, balki titroq va hayajon sababli oddiy narsalarni unutib qo'yadilar (kamar taqish, ruchnikni tushirish). Yodingizda tuting: avtomobilda hech kim sizga qasddan xalaqit bermaydi, barcha datchiklar qat'iy matematik qoidalar asosida ishlaydi.

7 ta amaliy oltin qoida

  1. O'rindiqni shoshilmasdan to'g'irlang: Pedallarni bosish qulay bo'lishi kerak. Chap oyoq tsexpleniyeni polgacha bosganda tizza biroz bukilgan holatda qolishi lozim.
  2. Ko'zgularni pastroqqa qarating: Avtodromda orqa g'ildiraklar va yer chiziqlarini ko'rish juda muhim. Shuning uchun ko'zgularni oddiy shahar haydashiga qaraganda bir oz pastroq qilib sozlang.
  3. Povorotnikni eslang: imtihonda u to'rt joyda tekshiriladi โ€” startda chap, svetoforli chorrahada burilganda (chapga yoki o'ngga) va finishda o'ng burilish chirog'i.
  4. Tezlikka berilmang: Mashqlarni qanchalik sekin va nazorat ostida bajarsangiz, xato qilish ehtimoli shunchalik kamayadi.
  5. Diktor ovozini diqqat bilan eshiting: Tizim yangi buyruq berguncha shoshilib keyingi mashqqa kirmang.
  6. Stop-chiziqlarga 1 metr qolganda to'xtang: Chiziq ustiga chiqib ketgandan ko'ra, 50 sm oldinroq to'xtash xavfsizroq.
  7. Virtual 3D simulyatorda mashq qiling: AvtoDrom24.uz orqali marshrutni yodlab oling, shunda real imtihonda har bir burchak sizga tanish bo'ladi. Simulyatorda tsexpleniye pedali yo'q: odatiy holatda tsexpleniyesiz R-1-2 uzatma tanlagichi ishlatiladi (menyuda avtomatni tanlash mumkin), shuning uchun tsexpleniye bilan ishlashni haqiqiy avtomobilda mashq qiling.